Özbekiston 2030-yilga borib Yevropaga 10-15 mlrd kW•soat elektr energiyasi eksport qilişi mumkin
Özbekiston 2030-yilga borib Yevropaga 10-15 mlrd kW•soat elektr energiyasi eksport qilişi mumkin
Energetika vaziri örinbosari Umid Mamadaminovning aytişiça, bu muddatga borib, elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 120-125 mlrd kW•soat atrofida böladi.
Elektr energiyasi generatsiyasi quvvati esa taxminan 135 mlrd kW•soatga teng. Infratuzilma tayyor bölişi bilan Ozarbayjon orqali Yevropaga ortiqça “yaşil” energiyani eksport qiliş imkoniyati paydo böladi. Mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari 2026-yilgaça işlab çiqiladi. Uning umumiy qiymati 2 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.
Biz avvalroq "Lolazor" podkastidagi energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bilan suhbatda bu masala qançalar haqiqatga yaqinligi haqida ham söragan edik hamda vazir aynan nimaning hisobiga elektr energiyasini Yevropaga eksport qilişimiz mumkinligini tuşuntirib bergandi.
👉 @xushnudbek 👈



