Diplomatiya

Özbekiston Afğonistondagi 4 ta energetika loyihasiga 243 mln dollar sarmoya kiritadi

Albom18-avgust, 2025, 16:292 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿🇦🇫Özbekiston Afğonistondagi 4 ta energetika loyihasiga 243 mln dollar sarmoya kiritadi

Bu böyiça Afğonistonning Da Afghanistan Breshna Şerkat (DABS) energetika kompaniyasi bilan şartnoma imzolandi.

Unga köra, Özbekiston Afğonistondagi quyidagi loyihalarga sarmoya kiritadi:

➖ quvvati 1 ming MVt bölgan 500 kV kuçlanişli Surxon — Daşti-Alvan elektr uzatiş tarmoğini quriş;

➖ quvvati 800 MVA bölgan “Argandi” podstansiyasini kengaytiriş;

➖ 220 kVt kuçlanişli, quvvati 800 MVt bölgan Kobul — Şayx-Masri elektr uzatiş tarmoği;

➖ Nangarhorda quvvati 126 MVA bölgan Şayx-Masri podstansiyasini quriş.

Loyihalar 1,5 yil içida yakunlanişi rejalaştirilgan. Natijada Afğoniston Özbekistondan 800−1 ming MVtgaça elektr energiyasini import qiliş imkoniyatiga ega böladi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek