Muhim

Özbekiston çorvadorlar uyuşmasi taşkil etilişi mumkin

Albom5-avgust, 2026, 17:362 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekiston çorvadorlar uyuşmasi taşkil etilişi mumkin

Prezident çorvaçilik va parrandaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş hamda göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda quyidagi taklif va rejalar körib çiqildi:

➖ Möğulistondan 150 ming boş qöy, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming boş naslli qoramol, Belarusdan 2 ming boş qoramol olib keliş;

➖ aholi xonadonlarida 11 mingta yengil konstruksiyali molxona quriş va ularda 421 ming boş qoramol parvarişlaş;

➖ 13 ta tumanda har biri 200 boş qoramolga möljallangan xöjaliklar taşkil etiş;

➖ 802 ta yangi loyiha doirasida 68 ming boş qoramol hamda 186 ming boş qöy va eçki parvarişlaş;

➖ fermerlar uçun “Smart Fermer” raqamli yordamçisini joriy etiş.

Şuningdek, Özbekiston çorvadorlar uyuşmasini taşkil etiş taklifi ham körib çiqildi. Yangi tuzilma çorvadorlar manfaatlarini himoya qiliş, kooperatsiyani rivojlantiriş, naslçilik işlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, moliyaviy kömak körsatiş hamda taşqi bozorlarga çiqişga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek