Özbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 3-örinni egalladi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAmputantlar terma jamoasi JÇ yarim finaliga çiqdi, futzalçilar Yaponiyaga mağlub böldi, U17 esa Bruneyni 14:0 hisobida yengdi.⚽️ Özbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 🥉3-örinni egalladi. Futzalçilarimiz 3-örin uçun bahsda Tailand ustidan 8:2 hisobida ğalaba qozonişdi.
⚽️ Özbekiston amputantlar terma jamoasi esa ming afsuski yarim finalda mezbonlar Turkiyaga 1:0 hisobida mağlub bölişdi. 1-daqiqada kiritilgan kutilmagan gol butun öyin davomida saqlanib qoldi. Endi matonatli sportçilarimiz ertaga, 9-oktabr kuni Gaiti jamoasiga qarşi 3-örin uçun bahs olib boradi.
⚽️ Özbekiston U17 terma jamoasi esa qiyin bahsda Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozondi va Osiyo Kubogiga yöllanmani qölga kiritdi. Ikki marta hisobda ortda borayotgan ösmirlarimiz sönggi daqiqalarda kambek qila olişdi.
👉 @xushnudbek 👈
