Özbekiston haqida nomaʼqul gap aytgan çet el fuqarolari 5 yil davomida Özbekistonga kiritilmasligi mumkin

Matn14-iyun, 2024, 10:301 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston haqida nomaʼqul gap aytgan çet el fuqarolari 5 yil davomida Özbekistonga kiritilmasligi mumkin

Bu deputatlar tomonidan işlab çiqilgan Qonun loyihasida aks etgan.

✅ Loyihada quyidagilar taklif qilinmoqda:

➖ çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekistonda bölişi nomaqbul deb topiş asoslari va tartibi belgilanmoqda;

➖ uşbu şaxslar uçun quyidagilar Özbekistonda bölişi nomaqbul deb topişga asos böladi:

• Özbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bölgan;

• davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib çiqaruvçi;

• Özbekiston xalqining şaʼnini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovçi harakatlar sodir etiş yoki ommaviy çiqişlar qiliş.

➖ Mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilgan şaxslarga beş yil davomida Özbekistonga kiriş, banklarda hisobvaraq oçiş, köçmas mulk sotib oliş, davlat mulkini xususiylaştirişda iştirok etiş, moliyaviy va şartnomaviy munosabatlarga kirişiş taqiqlanadi;

➖ şaxslarning mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilişi uning Özbekiston hududida qonuniy asoslarda yaşaş va böliş huquqini bekor qilişga hamda deportatsiya qilinişiga sabab böladi;

➖ şaxs mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilganligi töğrisida Taşqi işlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan eʼtiboran 10 kun içida ixtiyoriy ravişda Özbekistondan çiqib ketişi kerak. Agar uşbu muddat içida ixtiyoriy ravişda çiqib ketmasa, mazkur şaxs içki işlar organlari va boşqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, yaʼni majburiy tarzda çiqarib yuboriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek