Diplomatiya

Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari ID-karta orqali çegarani kesib ötişi mumkin

Foto25-avgust, 2023, 13:061 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿🇰🇬 2023-yil 1-sentyabrdan boşlab Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari ID-karta orqali ikki mamlakat çegarasini bemalol kesib ötişi, kirişi, çiqişi, bölib turişi mumkin

Barça taşkiliy işlar öz nihoyasiga yetgan, endi Qirğiziston çegarasini kesib ötiş uçun “zagranpasport” oliş şart emas, şuningdek, heç qanaqa ştamp ham qöyilmaydi.

Bu ayniqsa Söx, Şohimardon va Çönğara kabi eksklav hududlarimizdagi yurtdoşlarimizga katta yengillik beradi, endi ular byurokratiyadan qutiladi.

Bu tartib samolyot, poyezd, maşinaga ham ötadi.

Eslatib ötamiz, ID-karta orqali çegarani kesib ötişga ruxsat beriş haqida ikki davlat hukumatlari örtasida şu yil 27-yanvarda Kelişuv imzolangan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek