Özbekiston va Qozoğiston çegaradan ötişda özaro ID-kartalarni tan oliş masalasini muhokama qilmoqda
🇺🇿Özbekiston va 🇰🇿Qozoğiston çegaradan ötişda özaro ID-kartalarni tan oliş masalasini muhokama qilmoqda
Bu haqda Prezidentning taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida aytilgan.
Maqolada aytilişiça, Özbekiston Qozoğiston bilan çegarani huquqiy rasmiylaştirişni töliq yakunladi, Turkmaniston, Tojikiston va Qirğiziston bilan çegarani delimitatsiya qildi. Çegaradagi önlab ötkaziş punktlari öz faoliyatini tiklab, mamlakatlarimiz örtasida odamlarning harakatlanişini sezilarli darajada osonlaştirdi.
2023-yil 1-sentyabrdan boşlab içki hujjat – fuqaro ID-kartasini taqdim etgan holda Özbekiston-Qirğiziston çegarasini kesib ötiş tartibi amal qilmoqda. Xuddi şunday loyiha Qozoğiston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda.
Şavkat Mirziyoyev Ostona sammitida Markaziy Osiyoda milliy ID-kartalarni özaro tan olişni taklif qildi.
👉 @xushnudbek 👈


