Diplomatiya

Özbekiston va Xitoy örtasida strategik şeriklikni rivojlantiriş dasturi qabul qilindi

Albom19-may, 2023, 11:312 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qöşma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga möljallangan Özbekiston bilan XXR örtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik şeriklikni rivojlantiriş dasturini qabul qildilar.

Yetakçilar huzurida 41 ta hujjatlar imzolandi, jumladan:

– Özbekiston Hukumati bilan XXR Hukumati örtasida örta taʼlim maktablari salohiyatini rivojlantiriş böyiça loyihani amalga oşiriş töğrisidagi bitim;

– Özbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi AOKA bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Matbuot kanselyariyasi örtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi;

– Toşkent şahri va Siçuan muzofoti, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlari va Şensi muzofoti örtasida şeriklik aloqalarini örnatiş töğrisidagi bitim.

Iqtisodiy kelişuvlar:

🚗 “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar işlab çiqariş töğrisida;

🚙 “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar işlab çiqariş töğrisida;

– elektr uzatiş liniyalari va nimstansiyalarini quriş loyihasini moliyalaştiriş töğrisida;

– “Özbekiston temir yöllari” AJ lokomotivlari parkini yangilaş va modernizasiya qiliş töğrisida;

– “Özbektelekom” AKning telekommunikasiya infratuzilmasini yanada kengaytiriş töğrisida;

– “Özbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” hamda “Xitoy taraqqiyot davlat banki” örtasida kredit liniyalarini jalb qiliş töğrisida;

Tarmoq memorandumlar:

– Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti hamda Lyaonin pedagogika universiteti örtasida;

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti hamda Şimoliy-şarq elektroenergetika universiteti örtasida;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Şanxay universiteti örtasida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek