Muhim

Özbekistonda 1 foizlik soliq keşbeki bekor qilinişi mumkin

Matn8-iyul, 2026, 19:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❌ Özbekistonda 1 foizlik soliq keşbeki bekor qilinişi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti xarid çeklarini röyxatdan ötkazgan fuqarolarga tölanadigan 1 foizlik keşbekni bekor qilib, uning örniga davlat lotereyasini joriy etiş taklifi bilan çiqdi.

Institut maʼlumotiga köra, 2026-yil may oyida tölangan soliq keşbekining umumiy summasi 146,6 mlrd sömni taşkil etgan bölib, şundan 15,7 mlrd sömi yoki 10,7 foizi top-10 savdo tarmoğiga töğri kelgan. Bu esa byudjet hisobidan rağbatlantirişning salmoqli qismi allaqaçon rasmiy sektorda işlayotgan kompaniyalar mijozlariga taalluqli bölayotganini körsatadi.

Taʼkidlanişiça, byudjet hisobidan rağbatlantirişga soliq intizomi va soliq madaniyatini şakllantirişga xizmat qiluvçi vaqtinçalik vosita sifatida qaraş kerak.

Bunda institut keşbek örniga faqatgina soliq xavfi yuqori bölgan sohalar: umumiy ovqatlaniş korxonalari, kiçik çakana savdo obyektlari va boşqalarda işlovçi kompaniyalarning fiskal çeklarini röyxatdan ötkazgan xaridorlar örtasida davlat lotereyalarini taşkil etişni taklif qilmoqda.

Lotereya orqali rağbatlantiriş byudjet xarajatlarini 100 mlrd sömgaça, yaʼni 20 barobarga qisqartirişi kutilmoqda. Ijtimoiy reyestrdagi şaxslar uçun 12 foizlik QQSni qaytariş mexanizmi esa saqlanib qoladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek