Özbekistonda 8 oyda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi
❗️Özbekistonda 8 oyda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi
Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligining xabar berişiça, joriy yilning 8 oyida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq 12 ming 104 ta jinoiy va 1 ming 410 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan.
Hisobot davrida:
➖ 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilib, ulardan 1,4 tonna anʼanaviy va 61,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari, şuningdek, 4,6 mln dona psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar olib qöyilgan;
➖ 15 ta onlayn narkodökon faoliyatiga barham berilib, noqonuniy savdo bilan şuğullangan 1 ming 911 ta internet-resurs bloklangan hamda 18 ta narkolaboratoriya foş etilgan;
➖ tezkor va profilaktik tadbirlar natijasida 2 tonna 708 kg giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasiga çek qöyilgan.
👉 @xushnudbek 👈

