Muhim

Özbekistonda ayollarga nisbatan zöravonlik böyiça 2023-yilning özida 3 mingga yaqin jinoyat işi oçilgan

Matn16-iyun, 2024, 17:341 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda ayollarga nisbatan zöravonlik böyiça 2023-yilning özida 3 mingga yaqin jinoyat işi oçilgan

Mamlakatimizda 2023-yil 11-aprelda Markaziy Osiyoda birinçi bölib ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqilgan edi.

Mazkur qonun kuçga kirganidan söng, 2023-yilning özida 2638 ta jinoyat işi hamda 10091 ta maʼmuriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Buning doirasida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 4343 nafar şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 2344 nafariga jarima, 1999 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qöllanilgan.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan esa 134 kişi sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.

Şuningdek, 2024-yilning ötgan 6 oyi davomida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan şahvoniy şilqimlik qilişda ayblangan 318 nafar şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Mintaqamizda kuzatilgan va katta rezonansga sabab bölgan “Bişimbayev işi” fonida Qozoğiston jamoatçiligi ham biznikiday qonun qabul qilinişi zarurligini muhokama qilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek