Özbekistonda bojxona yiğimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
Özbekistonda bojxona yiğimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
2025-yil 31-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yiğimlari stavkalarini tasdiqlaş töğrisida” 55-son qarori qabul qilindi.
Asosiy özgarişlar:
✅ Bojxona yiğimlarining stavkalari rasmiylaştiriş xarajatlaridan kelib çiqib belgilandi.
✅ "Eksport" va "import" rejimlari uçun yiğim stavkalari muvofiqlaştirildi.
✅ Iş vaqtidan taşqari rasmiylaştiriş yiğimi 8 barobarga kamaytirildi.
✅ Qayta işlaş bojxona rejimlari yiğimi 2 barobarga pasaytirildi.
✅ Dastlabki deklaratsiyada 20% çegirma joriy etildi.
✅ Tranzit bojxona rejimi uçun yiğim BHMning 25% miqdorida belgilandi.
✅ Xalqaro kurerlik jönatmalariga 1 kg uçun BHMning 2% miqdorida yiğim belgilandi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan sanadan 3 oy ötib kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈



