Özbekistonda çet el fuqarolari uçun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
💰Özbekistonda çet el fuqarolari uçun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2026-yil 1-yanvardan boşlab quyidagi şartlarga javob beradigan çet el fuqarolarining Özbekistondan taşqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod qilişni nazarda tutuvçi maxsus soliq rejimi joriy etiladi:
➖ 50 ming AQŞ dollari miqdorida maxsus yiğim tölaş;
➖ Özbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarağini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon oçiş;
➖ ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan köproq Özbekistonda haqiqatda bölgan jismoniy şaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida mamlakat hududida turar joy köçmas mulk obyektiga ega bölganda, Özbekiston Respublikasining soliq rezidentlari, deb eʼtirof etiladi.
Şuningdek, maxsus soliq rejimi voyaga yetgan har bir qarindoş uçun 10 ming AQŞ dollari miqdorida maxsus yiğim tölanganda, çet el fuqarolarining yaqin qarindoşlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
- 1 Telegram Stars



