Özbekistonda hafta örtasiga borib havo harorati pasayib, yoğingarçilik kuzatiladi
⛈ Özbekistonda hafta örtasiga borib havo harorati pasayib, yoğingarçilik kuzatiladi
"Özgidromet"ning xabar berişiça, 1-2-oktyabr kunlari respublikaning barça hududlariga Qozoğistondan salqin va nam havo oqimi kirib keladi.
1-oktyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasida, Navoiy, Toşkent viloyati şimolida baʼzi joylarda yomğir yoğadi. 2-oktyabr kuni esa Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir yoğişi kutilmoqda.
Şu kunlari havo harorati keçasi va ertalab +8...+13 darajagaça pasayadi, kunduz kunlari esa +18...+23 daraja iliq böladi. Respublika şimolida harorat keçalari +4...+9 daraja iliqqaça, kunduz kunlari +15...+18 darajagaça pasayadi.
Şamol tezligi 13-18 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars
