Özbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida eʼtirof etildi
Özbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida eʼtirof etildi
Şavkat Mirziyoyev kibersport öyinlarini rivojlantirişga oid qarorni imzoladi. Unga köra, 2023-yildan boşlab anʼanaviy tarzda kibersport turlari böyiça:
— har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika çempionati;
— har yili dekabr oyida “Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
— har yili iyun oyida “Yoşlar kubogi” turniri ötkaziladi.
Bunda uşbu musobaqalar uç bosqiçda ötkaziladi hamda tuman (şahar) va viloyat bosqiçlari onlayn böladi.
➖ Kibersport böyiça musobaqalarda ğolib hamda sovrindor bölgan kibersportçilarga biryöla beriladigan pul mukofotlari va sovğalar soliqqa tortilmaydi.
➖ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 öquv yilidan boşlab «Sport faoliyati: kibersport» bakalavriat taʼlim yönalişi oçiladi hamda öqiş muddati 3 yil böladi.
➖ “Uzbekistan Esports Championship” respublika çempionatida oxirgi bir yilda ğolib (1-örin) bölgan kibersportçilar 2023/2024 öquv yilidan boşlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yönalişiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topşirişdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi.
➖ Kibersport faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxatiga kiritiladi.
➖ 2023-yil 1-yanvardan boşlab kibersport klublariga ularning bino va inşootlar ijara tölovi xarajatlarini qoplaş uçun hududiy “Yoşlar daftari” jamğarmalari mablağlari hisobidan har oyda 3 oy davomida 15 million sömgaça pul mablağlari ajratiladi. Ajratilayotgan mablağlarni kibersport klublariga alohida şartlar (kibersportçilarni tayyorlaş, trener jalb qiliş, musobaqalarda iştirok etiş va boşqalar) asosida beriladi.
👉 @xushnudbek 👈



