Özbekistonda misli körilmagan innovatsiya!
Özbekistonda misli körilmagan innovatsiya!
Aeroport hududiga kutib oluvçilarni ham kiritişga ruxsat berişibdi. Ilgari jazirama issiq yoki qahraton sovuqda ham kutib oluvçilar taşqarida, oçiq havoda turişardi.
Anomal sovuqqa rahmat!
"Uzbekistan Airports" AJ boşqaruvi raisi Raʼno Jörayevaning aytişiça, ular bu taklifni ança yildan buyon aytib kelişgan, ammo aeroport hududidagi bir qança tuzilmalarning (huquqni muhofaza qiluvçi organlarning) hujjatlari bilan kutib oluvçilarni aeroportga kiritiş taqiqlangan edi.
“Nihoyat, bizning takliflar eşitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz”, - deydi u.
Tovba, aeroportga odam kiritişni ham davlat rahbariyati hal qilişi kerak va bu "irodali qaror" deb baholanadi.
Aslida insonlar qadrini öylaydigan Hukumatda bu irodali qaror emas, majburiyat va burç bölişi kerak.
Işqilib, kunlar isigaç, odamlarni haydab çiqarişmasa böldi.
👉 @xushnudbek 👈



