Özbekistonda özboşimçalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini oliş yengillaştirilmoqda
❗Özbekistonda özboşimçalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini oliş yengillaştirilmoqda
Senatorlar tomonidan maʼqullangan qonunga binoan:
➖ Özboşimçalik bilan qurilgan inşootlarga mulk huquqini rasmiylaştirişda bir martalik tölovni bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi;
➖ Mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça hujjatlarni körib çiqiş va jamoatçilik uçun eʼlon qiliş muddati 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi;
➖ Inşootga tegişli qarzdorlik BHMning 30 baravarigaça (12 mln 360 ming söm) bölganda, bu mulkka nisbatan egalik huquqi olişga monelik keltirib çiqarmaydi;
➖ Yer uçastkasiga bölgan ijara huquqini eʼtirof etiş uçun bir martalik tölovning 50 foizi 20 kun içida tölangan taqdirda, tölovning qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi.
👉 @xushnudbek 👈



