Özbekistonda pensiya tizimini isloh qiliş böyiça yangi takliflar tayyorlandi
❗️Özbekistonda pensiya tizimini isloh qiliş böyiça yangi takliflar tayyorlandi
Şavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qiliş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Yiğilişda quyidagilar qayd etildi:
➖ oylik iş haqi 7,6 mln sömgaça (pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravari) bölgan fuqaro jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga iş haqining 5 foizini ötkazsa, davlat tomonidan qöşimça yana 2,5 foiz miqdorida mablağ ajratiş közda tutilmoqda;
➖ oylik iş haqi 7,6 mln sömdan yuqori bölgan fuqarolar uçun esa tölangan ijtimoiy soliqning şu miqdordan oşgan qismining 1 foizini ularning jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkaziş rejalaştirilmoqda;
➖ pensiya hisoblanadigan iş haqi davrini 5 yildan 20 yilgaça uzaytiriş hamda past daromad olingan ayrim davrlarni hisobdan çiqariş taklif qilindi;
➖ 2027-yildan boşlab pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan iş haqining yuqori çegarasini hozirgi 6 million sömdan 6,6 million sömga oşiriş közda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday masalalarni aholi, keng jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni jalb qilgan holda oçiq muhokama qiliş, islohotlarning maqsadi va kutilayotgan natijalarini fuqarolarga aniq tuşuntiriş topşiriğini berdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

