Özbekistonda qizamiq kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror — Sanepidqömita
❗️Özbekistonda qizamiq kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror — Sanepidqömita
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani, uşbu bemorlar bilan muloqotda bölgan 10 mingdan ziyod şaxs röyxatga olingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Sanepidqömita rasmiy munosabat bildirdi.
Taʼkidlanişiça, uşbu raqamlar 2026-yilning ötgan 9 oyi davomida qayd etilgan jamlanma körsatkiç hisoblanadi.
“Ayni paytda nafaqat poytaxt, balki butun Özbekistonda qizamiq kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror. Xavotirlanişga heç qanday asos yöq”, — deyiladi qömita xabarida.
Maʼlumotlarga köra, qizamiq bilan kasallaniş körsatkiçi 2025-yilning şu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.
2026-yilning 9 oyi davomida Toşkent şahrida rejali emlaş doirasida 47 ming 494 nafar 1 yoşli va 42 ming 767 nafar 6 yoşli bola KPK (qizamiq, epidparotit, qizilça) vaksinasi bilan emlangan.
👉 @xushnudbek 👈



