Özbekistonda şaxsni ruxsatsiz tasvirga oliş taqiqlanmoqda
❌ Özbekistonda şaxsni ruxsatsiz tasvirga oliş taqiqlanmoqda. Lekin istisnolar bor
Bu böyiça qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Unga köra, şaxsni tasvirga oliş va undan foydalaniş uçun rozilik oliş majburiyligi belgilab qöyilmoqda.
🔴 Istisnolar
Quyidagi 8 ta holatda tasvirga oliş va uni tarqatişda rozilik söraş talab etilmaydi:
➖ qidiruvdagi şaxsni aniqlaş uçun tasvirdan foydalanganda;
➖ jamoat tartibini saqlaş yoki xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda;
➖ davlat organlari öz xizmat vazifasini bajariş jarayonida tasvirdan foydalanganda;
➖ qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda;
➖ davlat xizmatçilarini ularning xizmat vazifasini bajariş yoki jamoatçilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olişda.
➖ jamoat joylarida (köça, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda mitinglar, yiğilişlar va namoyişlarda, ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettiriş maqsadida şaxslarni tasvirga olişda;
➖ agar tasvir oçiq manbada joylaştirilgan bölsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalaniş bundan mustasno).
➖ şaxs haq evaziga tuşgan surat yoki video faqat öşa maqsadda — yaʼni oldindan kelişilgan yönalişda foydalanilsa.
🟢 Talablar:
🔹 tasvirga olişda va undan foydalanişda 16 yoşga tölmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining örnini bosuvçi şaxslar tomonidan beriladi;
🔹 jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari örnatilgan taqdirda, bu haqda barçaga körinadigan joyda va şaklda ogohlantiruvçi belgi örnatiladi;
🔹 insonning şaxsiy yoki oilaviy sirini taşkil etuvçi maʼlumotlarini uning roziligisiz yaşirinça yozib oliş yoki tarqatiş maqsadida maxsus texnika vositalaridan foydalanganlar uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Boşqaça aytganda, yaşirin kamera uçun javobgarlik belgilanyapti;
🔹 videokuzatuv kameralarini örnatiş mumkin bölmagan joylar doirasi, xususan, kiyiniş xonalarida, hojatxonalarda videokuzatuv tizimlari örnatilişi mumkin emasligi aniq belgilab qöyilmoqda.
- 7 Telegram Stars



