Özbekistondagi metanolni olefinga aylantiriş gaz kompleksini kengaytiriş rejalaştirilmoqda
Özbekistondagi metanolni olefinga aylantiriş gaz kompleksini yangi işlab çiqariş quvvatlari hisobidan kengaytiriş rejalaştirilmoqda
Qoraköl tumanidagi erkin iqtisodiy zona hududida bunyod etilajak zavod 15 gektar maydonni egallaydi. “Metanol oroli” nomi bilan tanilgan inşoot yiliga 1,34 million tonna quvvatga ega böladi va Özbekistonda metanoldan olefin işlab çiqariş buyiça gaz-kimyo kompleksi tarkibiga kiradi. Uni 2025-yilda işga tuşiriş möljallangan.
Tabiatga ziyon yetkaziş darajasi yuqori bölgan kömirdan foydalanadigan boşqa MTO korxonalaridan farqli ölaroq, dunyodagi ilğor innovatsion texnologiyalar asosida işlaydigan Özbekistondagi MTO gaz-kimyo kompleksi mamlakatda qazib olinib, qöşilgan qiymat körsatkiçlari past bölgan tabiiy gazni yuqori darajadagi qöşilgan qiymatga ega bölgan polimer mahsulotlarini işlab çiqariş maqsadida çuqur qayta işlaş uçun möljallangan bölib, yiliga işlab çiqariş quvvati 1 110 000 tonnadir.
👉 @xushnudbek 👈


