Özbekistonga 9 oyda xorijdan 14 milliard dollarga yaqin pul ötkazmasi kelib tuşdi
Özbekistonga 9 oyda xorijdan 14 milliard dollarga yaqin pul ötkazmasi kelib tuşdi
Markaziy bankning içki valyuta bozori şarhida qayd etilişiça, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida Özbekistonga xorijdan kelgan pul ötkazmalari 13,9 milliard dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,7 milliard dollarga (24%), 2023-yilga nisbatan esa 5,5 milliard dollarga (+66%) köpdir.
Şu davrda mamlakatdan xalqaro ötkazmalar orqali 1,9 milliard dollar çiqib ketgan, bu esa 2024-yilga nisbatan 127 million dollarga kam.
Aholi tomonidan tijorat banklariga 15,2 milliard dollar sotilgan, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 1,3 barobar köp (2024-yilda — 11,8 mlrd dollar). Şuningdek, jismoniy şaxslar 8,5 milliard dollar sotib olgan, bu esa 23% ösişni anglatadi (2024-yilda — 6,9 mlrd dollar).
Umuman olganda, aholining xorijiy valyuta taklifi hajmi unga bölgan talabdan 6,7 milliard dollarga ortiq, bu ötgan yilga nisbatan 1,4 barobar köp natija böldi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

