Muhim

Özbekistonlik Dilorom Yöldoşeva dunyoning «100 nafar ayoli» röyxatiga kiritildi

Foto3-dekabr, 2024, 13:541 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonlik Dilorom Yöldoşeva dunyoning "100 nafar ayoli" röyxatiga kiritildi

BBC naşri 2024-yil uçun dunyoning turli davlatlaridan bölgan 100 nafar eng nufuzli va faol ayollar röyxatini eʼlon qildi.

Ular orasida özbekistonlik tikuvçi va işbilarmon ayol Dilorom Yöldoşeva ham bor. U 2 yil avval baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyoğidan ayrilgan.

Şunga qaramay, u tuşkunlikka tuşib qolmagan va 40 dan ortiq ayollarga tikuvçilikdan saboq berib, öz biznesiga asos solgan. Uning korxonasi qisqa muddat içida işçilar va maktab öquvçilari uçun forma tikiş böyiça şartnomalar tuzgan.

Ayni paytga kelib, Dilorom Yöldoşevaning biznesi özi va önlab ayollar uçun daromad manbayiga aylangan. U nega uşbu röyxatga kiritilgani haqida BBC Uzbek xizmatining materialida hikoya qilingan.

Eslatib ötamiz, yaqinda Dilorom Yuldaşeva haqida “Matonat” hujjatli filmi işlangandi. Juda taʼsirli film çiqqan, hammaga körişni tavsiya qilaman:

📹 https://youtu.be/oTCyEmyI1jo

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek