Özbekistonning yalpi içki mahsuloti hajmi 5 yilda 81 foizga ösgan

Foto24-yanvar, 2026, 18:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

📈 Özbekistonning yalpi içki mahsuloti hajmi 5 yilda 81 foizga ösgan

Tahlillarga köra, 2025-yilda mamlakatimizning dollardagi yalpi içki mahsuloti hajmi 21,1 foizga ösib (2024-yildagi ösiş 12,9 foiz edi), 147 mlrd dollardan oşgan. 2021-yil bilan soliştirganda, bu miqdor 81 foizga yuqori.

Ortda qolgan yilda aholi jon boşiga YaIM miqdori 3 ming 844 dollarga yetgan (2024-yilda 3 ming 265 dollar edi). Bu avvalgi barça prognozlardan yuqori körsatkiç demakdir. 2021-2025-yillardagi statistika esa 65,3 foizlik ösişni körsatmoqda.

Salmoqli iqtisodiy ösiş surʼatlariga qulay global şart-şaroitlar (masalan 2021-2025-yillarda oltin narxining qariyb 2,5 baravar qimmatlaşgani), investitsiyalarning yuqori ösişi hamda prosiklik fiskal siyosatning davom ettirilişi ijobiy taʼsir qilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek