«Özbekistonning yaqin kelajakdagi eng zarur va muhim maqsadi — JSTga kiriş» debdi Prezident Mirziyoyev
Manba:Iqtisodchi Kundaligi
“Özbekistonning yaqin kelajakdagi eng zarur va muhim maqsadi — JSTga kiriş” debdi Prezident Mirziyoyev Yaponiyaning “Nikkei Asian Review” naşriga. (Uzbekistanʼs most urgent and important policy goal is to be admitted to the WTO)
Bu narsani yaxşi yangilik desa böladi. JSTga kiriş tezligi böyiça rekordni qöşni Qirğiziston qöygan. Biz qöşnilarimiz qöygan rekordidan tezroq kirsak juda ham yaxşi bölar edi.
Esimizdan çiqarmaylik, hatto bir tamomlama savdo tösiqlardan voz keçiş ham iqtisodiyot uçun katta foyda. Yaʼni biz bojlarni kamaytirsak, lekin biz bilan savdo qiladigan mamlakatlar bojlarni özgartirişmasa ham baribir biz yutamiz. Xalqaro savdo şunday bir möjiza.
Bizni savdo muzokaraçilarimiz şu oddiy haqiqatni, yaʼni bir tomonlama bojlar kamayişi bizga foyda ekanligini unutmasligini xohlar edim. Şu tariqa, prezident juda ham zarur (urgent) deb öylagan islohotni iloji boriça tez uddalaşlarini xohlar edim.
