Fikr

Parij Olimpiadasining eng katta yutuği — Markaziy Osiyo xalqlarining bir-biri bilan yaqinlaşgani böldi

Albom11-avgust, 2024, 13:322 daqiqa0 koʻrish

Men uçun Parij Olimpiadasining eng katta yutuği — bu Markaziy Osiyo xalqlarining bir-biri bilan mislsiz darajada yaqinlaşgani, bir-birini doim qöllab-quvvatlab, döstona munosabatlarimiz har doimgidan ham mustahkamlangani böldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar, postlar, videolarni körsangiz, 🇺🇿özbek, 🇰🇿qozoq, 🇰🇬qirğiz, 🇹🇯tojik, 🇹🇲turkman, şuningdek 🇦🇫Afğonistondagi özbeklar, 🇦🇿ozarbayjonlar, 🇹🇷turklar va boşqa turkiy xalqlar qay darajada bir-biriga samimiy muxlislik qilganini körasiz. Bejizga sportni döstlik va tinçlik elçisi deyişmas ekan.

Oçiği şunaqa videolarni körsam va izohlarni öqisam, quvonganimdan hayajonlanib, etlarim jimirlab ketadi, negadir.

Olimpiada ötadi, ketadi, olingan medallar ham oddiy statistikaga aylanadi, ammo döstlik abadiy qoladi. Döstlik va totuvlik har qança oltin medaldan qadrliroq.

Turkiy xalqlar birdamligi abadiy bölsin, döstligimizga köz tegmasin, birligimizni köra olmaydigan duşmanlarning yuzini teskari qilsin!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek