Parlamentda qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi loyiha körib çiqilmoqda
Parlamentda «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqilmoqda.
Mazkur hujjat loyihasida Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartiriş nazarda tutilmoqda. Bunda Spikerning örinbosarlari fraksiya aʼzosi bölişi mumkin emasligi hamda lavozimda böliş davrida siyosiy partiyadagi aʼzolikni töxtatib turişi belgilanmoqda.
Şuningdek:
➖fraksiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati körsatiş şart-şaroitlariga köra Spiker örinbosariga tenglaştirilmoqda;
➖Qonunçilik palatasi va Senatning özini özi tarqatib yuboriş vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunçilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida ötkaziladi, Senatning yangi tarkibi esa, 1 oy mobaynida şakllantiriladi;
➖Senat aʼzolari har bir maʼmuriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanişi, 9 nafari Prezident tomonidan tayinlanişi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda işlovçi senatorlar soni amaldagidek 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

