Tushuntirish

Pasportini yöqotib qöygan abituriyentlar nima qiladi?

Foto8-avgust, 2023, 20:171 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓Pasportini yöqotib qöygan abituriyentlar nima qiladi?
#abituriyent

✅JAVOB: turli sabablarga köra pasportini yöqotib qöygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirişlari mumkin.

Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boşqa bölsa ham, bu muammo bölmaydi. Asosiysi öşa abituriyentning şaxsini tasdiqlovçi hujjat bölişi kerak. Bundan taşqari yangi pasport olganda seriya va raqam özgarsa ham, lekin har bir şaxsning JŞŞIR (identifikatsiya) raqami özgarmaydi, öşa orqali aniqlab olişadi.

Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni oliş ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.

‼️DÖSTONA MASLAHAT: hurmatli abituriyentlar, pasport yoki ID-kartangizni ehtiyotlab qöying. Agar zaruriyat bölmasa, test kunigaça işlatmay turing, aniq bir joyda tursin. Çunki köpçilik testga 1-2 kun qolganda hujjatini yöqotib qöyadi va yangisini olişga ham ulgurmay, testdan qolib ketadi. Eʼtiborli böling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek