Tezkor

Paxta-ğallaga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari işçilari daromad soliğidan ozod etiladi

Matn24-fevral, 2023, 10:321 daqiqa0 koʻrish

⚡️ Paxta-ğallaga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari işçilari daromad soliğidan ozod etiladi

Prezidentning tegişli qarori bilan 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta va (yoki) ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklariga ularning işçilarining mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlari böyiça tölangan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini bir vaqtning özida qaytarib beriş tartibi joriy etildi.

❗️ Buning uçun:
➖ qişloq xöjaligiga möljallangan har bir gektar yer uçun oyiga kamida 1 nafar işçining bandligi taʼminlanişi;

➖ har bir nafar işçi uçun oyiga mehnatga haq tölaş tarzidagi daromad mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining bir baravari (ayni paytda 920 ming söm)dan kam bölmagan miqdorda belgilanişi;

➖ paxta va (yoki) ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaligi ötgan yil yakuni böyiça Soliq kodeksining 57-moddasi (Qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilari sifatida eʼtirof etilgan bölişi) talablariga javob berişi şart.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek