Muhim

Pedofiliya uçun jazoni kuçaytiriş, jumladan, umrbod qamoq jazosini belgilaş taklif etilmoqda

Matn29-sentabr, 2026, 13:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Pedofiliya uçun jazoni kuçaytiriş, jumladan, umrbod qamoq jazosini belgilaş taklif etilmoqda

Tegişli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.

Unga köra:

➖ 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş közda tutilmoqda;

➖ bolaning jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlarni sodir etgan şaxslar javobgarlikka tortiş muddati ötganligi sababli javobgarlikdan va jazoni ijro etiş muddati ötganligi bois jazodan ozod qilinmasligi belgilanmoqda;

➖ zöravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar böyiça jabrlangan bola bilan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçini yuzlaştirişni maxsus tartib asosida ötkaziş taklif etilmoqda;

➖ Bolaga yaqin şaxslar tomonidan zöravonlik sodir etilgan holatlarda esa jinoyat işini sudga qadar yuritiş va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokini taʼminlaş nazarda tutilmoqda;

➖zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş mexanizmi ham joriy etilmoqda. Bu bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda ularning moddiy imkoniyatlaridan qatʼi nazar, malakali yuridik yordam oliş imkoniyatini kengaytiradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 90 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek