Pensiya tayinlaşda mehnat stajini tasdiqlovçi hujjatni talab qiliş tartibi bekor böladi
Pensiya tayinlaşda mehnat stajini tasdiqlovçi hujjatni talab qiliş tartibi bekor böladi
Bu haqdagi Prezident qarori matni ÖzAda eʼlon qilindi. Unga köra:
2022-yil 1-yanvardan boşlab:
✅ pensiya, nafaqa va boşqa tölovlarni aholiga yetkazib beriş har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boşqa ixtisoslaşgan taşkilot tomonidan amalga oşiriladi. Bundan buyon banklarga davlat byudjeti yoki jamğarmadan 1% xizmat haqi tölaş boşlanadi;
✅ pensiya va nafaqalar tijorat banki yoki tegişli ixtisoslaşgan taşkilot tomonidan (şartnomaga muvofiq) naqd pulda mahalla fuqarolar yiğinlariga, fuqarolarning yaşaş manzillariga yetkazib beriladi.
2022-yil 1-iyuldan boşlab:
✅ mehnat staji, iş haqi, oliygohda öqiganligi va harbiy xizmat davri maʼlumotlari Pensiya jamğarmasining dasturiy taʼminoti bilan boğlangan holda “Yagona mehnat milliy tizimi” orqali elektron tarzda olinadi;
✅ pensiya tayinlaşda fuqarolardan mehnat staji, iş haqi, oliygohda öqiganligi hamda harbiy xizmat davri töğrisidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi;
✅ davlat pensiyalarini tayinlaş uçun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



