Muhim

pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, iş haqi va stipendiyalar 1-avgustdan 10% oşiriladi

Matn3-iyun, 2025, 12:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoni imzolandi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov hujjat yaqin soatlarda eʼlon qilinişini maʼlum qildi.

❗️Rasman: pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, iş haqi va stipendiyalar 1-avgustdan 10% oşiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boşlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam tölovlari 10 foizga oşiriladi.

1. Yoşga doir eng kam pensiya 918 ming söm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming sömni taşkil etadi;

2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

— 3 yoşgaça bölgan bitta kiçik farzandi uçun – 360 000 söm,
— 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bitta farzandi uçun – 275 000 söm,
— oilaning ikkinçi farzandi uçun qöşimça – 165 000 söm;
— oilaning uçinçi va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça - 110 000 söm;

3. Kam taʼminlangan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 söm etib belgilandi.

ℹ️ 2025-yil 1-avgustdan boşlab budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oşirilişi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming sömdan 1 mln 271 ming sömga oşirildi.

Mazkur çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun talab etiladigan mablağlar Davlat budjeti hamda Pensiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.

Bundan taşqari, xususiy sektorda işlovçi fuqarolarimizning ham tölov qobiliyatlarini rağbatlantiriş uçun iş beruvçilarga iş haqi miqdorini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan miqdorlarda tölaş tavsiya etilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 20 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek