Tushuntirish

«Perevod» qiliş tartibi böyiça kengroq tuşuntiriş

Matn20-iyul, 2024, 14:003 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

🔄 “Perevod” qiliş tartibi böyiça kengroq tuşuntiriş
#perevod

Quyidagi tuşuntirişlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boşqa davlat OTMga öqişni köçiriş

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi OTMga köçmoqçi bölsa;

2) davlat xizmatçisi iş yuzasidan boşqa hududga köçsa va turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandining öqişini öşa hududga köçirmoqçi bölsa (işga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boşqa holda “içki perevod”ga ruxsat yöq. Boşqa hududga ham, öz hududidagi boşqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan öqişni köçiriş

Bunda ötgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdoş yönalişga test yoki ijodiy imtihon topşiradi hamda ötiş balini töplaş talab etiladi. 2024-yilgi ötiş ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554

2) ötiş balini töplay olmasa, super-kontrakt şartlari asosida öqişini köçirişga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişni köçirişga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdoş yönalişlar röyxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/20258

‼️ Test ötgaç, har bir talabaning hujjati qayta tekşiriladi. Kimdir “xorijda öqiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bölsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlaş fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ Özbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan öqişni köçiriş

Bunda ham ötgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdoş yönalişga test yoki ijodiy imtihon topşiradi hamda ötiş balini töplaş talab etiladi. 2024-yilgi ötiş ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/24554

2) ötiş balini töplay olmasa, super-kontrakt şartlari asosida öqişini köçirişga ruxsat beriladi;

3) mos va turdoş bölmagan yönaliş uçun esa bir martalik “super-kontrakt” tölab, imtihonsiz köçirişi mumkin. t.me/xushnudbek/24579

2023-yilgi turdoş yönalişlar:
t.me/xushnudbek/20258

2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
t.me/xushnudbek/21116

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga öqişni köçiriş

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar özi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga öqişni köçiriş mumkin yoki mumkin emasligini öşa OTMning özidan aniqlaştiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga öqişni köçiriş

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlaştiriş kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga öqişni köçiriş

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini köçirmoqçi bölinayotgan nodavlat OTMdan aniqlaştiriş kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM içida bir yönaliş yoki fakultetdan boşqa yönaliş yoki fakultetga öqişni köçiriş

Uşbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda köçirilayotgan yönalişning mos va turdoşligi, köçiriliş sababi, OTM imkoniyatlari va boşqa faktorlar inobatga olinişi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yönaliş doirasida taʼlim şaklini yoki tilni özgartiriş

Uşbu masala ham OTM maʼmuriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham köçiriş maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya siğimi, professor-öqituvçilari soni va hk) va boşqa faktorlarga qaralişi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga ötkaziş deyarli imkonsiz, bu haqda öylamasa ham böladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga köçiriş muammosiz hal böladigan masala.

***

Arizalar quyidagiça qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boşqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh içida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarçasi (JPEG yoki Pdf şakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (öqişni tiklovçilar uçun).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek