Prezident bugun tadbirkor yoşlarni qöllab-quvvatlovçi 3 ta katta hujjatga imzo çekdi
Prezident bugun tadbirkor yoşlarni qöllab-quvvatlovçi 3 ta katta hujjatga imzo çekdi.
1️⃣ Birinçi hujjatga muvofiq, Yoşlar agentligi huzurida Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilib, unga 100 million dollar mablağ ajratildi.
Endi taşabbuskor yoşlarning startap loyihalariga 2 milliard sömgaça investitsiya kiritiladi.
2️⃣ Ikkinçi qaror bilan oliygoh bitiruvçilari bandligini taʼminlaş böyiça yangi tizim yaratilmoqda. Buning uçun Milliy bankka 100 million dollar resurs beriladi.
Bank Oliy taʼlim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvçilarining taşabbus va ğoyalarini loyihaga aylantiriş böyiça yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.
3️⃣ Uçinçi hujjatga köra, Aloqabank yoşlarning biznes loyihalarini qöllab-quvvatlovçi tayanç “yoşlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank özini özi band qilgan yoşlar loyihalari uçun 100 million sömgaça 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.
“Aloqa vençur” jamğarmasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargaça sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni içki va xalqaro bozorlarda sotiş, biznes hamkor topiş, qöşimça investitsiyalar jalb qilişga kömaklaşiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


