Prezident farmoni bilan bir guruh şaxslar Birinçi hamda Ikkinçi darajali Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezident farmoni bilan bir guruh şaxslar Birinçi hamda Ikkinçi darajali Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Birinçi darajali Davlat mukofotlari bilan:
fan va texnika sohasida:
Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavloviç, Usmanov Rustamjon, Ergaşev Ulugbek Abdurasuloviç, Mustakimov Otabek Mannabiyeviçga – “Texnologik va işlanişi murakkab bölgan oltin tarkibli maʼdanlarni qayta işlaş va özlaştirişning kompleks texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy etiş” böyiça ilmiy-amaliy işlanmasi uçun;
adabiyot sohasida:
Karimov Naim Fatixoviçga – “Abdulla Qodiriy zamondoşlari” asari uçun;
sanʼat va meʼmorçilik sohasida:
Alikulov Alişer Maxmudoviçga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toşkent şahridagi “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasida joylaşgan “Şon-şaraf” muzeyida işlangan mahobatli rangtasvir asarlari uçun.
Ikkinçi darajali Davlat mukofotlari:
fan va texnika sohasida:
Kvint Vladimir Lvoviçga – “Amir Temurning strategik yetakçiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uçun;
sanʼat va meʼmorçilik sohasida:
Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunoviçga (marhum) – mustaqillik yillarida Özbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda işlangan haykaltaroşlik asarlari uçun;
Muxammeddinov Najimaddinga – “Gulla-yaşna, Özbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uçun berildi.
👉 @xushnudbek 👈
