Muhim

Prezident farmoni bilan futbol böyiça terma jamoa aʼzolari va mutaxassislar taqdirlandi

Matn6-iyun, 2025, 15:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident farmoni bilan:

➖ Jahon çempionatiga yöllanma olgan terma jamoamizning 25 nafar aʼzosi hamda boş murabbiy Timur Kapadze — "Özbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan;

➖ sobiq boş murabbiy Sreçko Katanes hamda uning ştabidagi yordamçi murabbiylar — "Döstlik" ordeni bilan;

➖ Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinçi örinbosari Ravşan Irmatov — "Fidokorona xizmatlari uçun" ordeni bilan taqdirlandi.

Şuningdek, terma jamoamizning şifokori Alişer Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (A.Bezborodov I.
Usmanov, A. Hasanov) esa «Soğlom turmuş» medali bilan taqdirlandi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Şuhrat» medali beriladi:

Axmedov Davron — tarjimon;
Aşirov Şukurullo — administrator;
Igamberdiyev Şerzod — xalqaro aloqalar bölimi boşliği;
Maksumov Avaz — boş kotib;
Pirmuxamedov Xasan — fotosuratçi;
Ruziyev Islom — video operator;
Salixov Jamoliddin — boş mutaxassis;
Tadjiyev Sarvar — administrator;
Fayziyev Davron — marketing va media bölimi boşliği;
Xakimov Dilşod — maxsus inspeksiya bölim boşliği;
Şerbayev Jurabek — muxlislar klubi raisi örinbosari.

Bundan taşqari, Özbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bölimi muxlislar bilan işlaş böyiça mutaxassisi Abdurahmon Fazilov «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek