Prezident iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimot bilan tanişdi

Albom27-mart, 2025, 19:152 daqiqa0 koʻrish

Prezident iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimot bilan tanişdi.

Unga köra:

➖ joriy yil sentyabr oyidan Özbekistonda xalqaro maktab faoliyati yölga qöyiladi.

Bunga dastlab 8-sinf bitiruvçilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar öğil-qiz saralab olinadi.

Taʼlim dasturi xalqaro andoza asosida 3 qismdan – asosiy fanlar, ixtisoslik fanlari, yetakçilik va ijtimoiy faollikni örgatuvçi fanlardan iborat böladi. Öquv yili 3 davrga bölinib, 11 oy davom etadi.

➖ yoşlarni Amerikaning “Peçak ligasi” (The Ivy League) universitetlariga tayyorlaş yölga qöyiladi. Buning uçun 6 bosqiçli Milliy dastur qabul qilinadi.

Bu yil dastlab 3 ming nafar öquvçi saralab olinadi. Ularga Prezident va ixtisoslaşgan maktablardan 208 nafar maslahatçi biriktiriladi.

Öquvçilar Renessans oromgohida yil davomida 3 haftalik intensiv öquv kurslarda öqitiladi. Yaxşi natija körsatgan 40 nafari “Peçak ligasi” universitetlariga tajriba almaşiş uçun yuboriladi.

➖ çet elda öqigan yoşlardan iborat “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuziş taklif etilmoqda.

U orqali iqtidorli yoşlar yagona platformada birlaştiriladi. Xorijda taʼlim olib qaytganlar uçun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boşqa imkoniyatlar yaratiladi.

Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi ötkazilib, unda taʼlim islohotlari, iqtidorli yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, çet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yölga qöyiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek