Profilaktika inspektorlariga yangi vakolatlar beriladi, ortiqça yuklamalar bekor qilinadi
❗️Profilaktika inspektorlariga yangi vakolatlar beriladi, ortiqça yuklamalar bekor qilinadi
Prezidentga “Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida”gi qonun loyihasi töğrisida axborot berildi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
➖ inspektorlarga faqat qonunda belgilangan vazifalar yuklanadi, ularga taalluqli bölmagan topşiriqlar va ortiqça yuklamalar beriş taqiqlanadi;
➖ ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklar böyiça jazo qöllaş vakolati kengaytiriladi, ayrim hollarda maʼmuriy ogohlantiriş beriş huquqi yaratiladi;
➖ hokimliklar ularni xizmat xonasi va uy-joy bilan taʼminlaydi, faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi;
➖ uzoq yil xizmat qilgan xodimlar uçun pensiya taʼminoti böyiça qöşimça kafolatlar joriy etiladi.
Şuningdek, yöl-patrul, patrul-post va qöriqlaş xizmatlarining faoliyatini özaro uyğunlaştiriş, qator vazifalarini yagona tizimga birlaştiriş rejalaştirilmoqda.
Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni maʼqulladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

