Prokuratura tergovçisi 13 yilga qamaldi
Prokuratura tergovçisi 13 yilga qamaldi. Departament xodimi 5 ming AQŞ dollari bilan uşlandi
Şu yil aprel oyida Uçtepa tumani prokuraturasi tergovçisi iş yurituvidagi jinoyati işi doirasida korxona rahbariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllamaslik evaziga 50 ming dollar miqdorida pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan uşlangan.
Sud hukmiga köra, sobiq tergovçi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Olmazor tumani bölimi xodimi tadbirkorga tegişli MÇJga bankdan 1 mlrd 200 mln söm kredit ajratilişida yordam berişini aytgan.
Xodim buni amalga oşirib berişi evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan. Keyinçalik kelişuv "şartlari" özgarib, xodim tadbirkordan 3000 dollar berişini talab qilib, şundan 2000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtida uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

