Pulli sinflar oçilayotgani haqida vazirlik bayonoti
Pulli sinflar oçilayotgani haqida vazirlik bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda pulli sinflar oçilayotganligi xususida turli fikrlar bildirilmoqda.
Avvalo şuni maʼlum qilamizki, Özbekiston Konstitutsiyasining 50-moddasida qatʼiy belgilab qöyilganidek, "davlat bepul umumiy örta taʼlim olişni kafolatlaydi."
Şunga muvofiq, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablaridagi barça darslar tasdiqlangan öquv rejaga muvofiq bepul amalga oşirilişini maʼlum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda “pulli sinf” deb talqin etilayotgan holatlar aslida davlat umumtaʼlim maktablarida öquvçilarga öquv reja va davlat taʼlim standartlaridan taşqari qöşimça bilimlar beriş uçun taşkil etiladigan taʼlim xizmatidir.
Uşbu mezon Hukumatning 2019-yil 22-apreldagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan tegişli Nizomda alohida qayd etilgan.
Maktablarda taşkil etiladigan qöşimça taʼlim xizmatlari maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan taşqari) maşğulotlar böyiça maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi.
Pulli taʼlim xizmatlaridan topilgan byudjetdan taşqari mablağlarning 50 foizidan kam bölmagan miqdori öqituvçilarga haq tölaşga, qolgan qismi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga va xodimlarni rağbatlantirişga yönaltirilişi mumkin.
Eng muhimi, maktablarda taşkil etiladigan pulli taʼlim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarni majburiy tartibda jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.
2025-2026-öquv yilida 738 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinişi rejalaştirilgan va ularning barçasi öquv rejadagi fanlardan bepul öqitilişi kafolatlanadi.
Qöşimça taʼlim xizmatlari, eng avvalo ota-onalarning taşabbusi, yaʼni ular örtasida ötkazilgan sörovnoma asosida öquv yili boşlanganidan söng ixtiyoriylik asosida taşkil etilişi mumkin.
Şu örinda barça maktab direktorlarini ota-onalarni qöşimça pulli taʼlim xizmatlariga majburiy tartibda jalb etmaslik haqida qatʼiy ogohlantiramiz. Davlat taʼlim standartlaridagi darslar pul evaziga öqitilişiga yöl qöyilmaydi.
Hurmatli ota-onalar!
Bu borada belgilangan qonuniy talablar buzilganlik holatiga duç kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09)ga murojaat etişingizni söraymiz. Sizning murojaatingiz tezkor örganib çiqilişi taʼminlanadi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


