Muhim

Qabristonlarni obodonlaştiriş maqsadida kelgusi 3 yil uçun 1,6 trln söm mablağ ajratilmoqda

Matn21-may, 2026, 19:592 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Qabristonlarni obodonlaştiriş maqsadida kelgusi 3 yil uçun 1,6 trln söm mablağ ajratilmoqda

Bu haqda davlatimiz rahbarining tegişli topşiriğiga asosida Hukumat qarori (267-son, 21.05.2026-yil) qabul qilindi, deya xabar bermoqda ÖzA.

Qarorga köra, respublikada mavjud 10 mingdan ziyod qabristonlarni obodonlaştiriş maqsadida 2027-2029-yillarga möljallangan dastur tasdiqlanib, jami 1,6 trln söm mablağlar yönaltiriş belgilandi.

Bunda Dasturni moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilandi:

➖ qabristonlarning himoya devorlarini quriş va kiriş darvozalarini örnatiş va taʼmirlaş — mahalliy byudjetlari mablağlari;

➖ qabristonlarning bino va inşootlari hamda yöl va yölaklarini quriş va taʼmirlaş — har bir qabriston uçun oçilgan şaxsiy hisobvaraqlarda şakllangan mablağlar, homiylik va xayr-ehson mablağlari, mahalliy byudjetlarning qöşimça manbalari hamda qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar mablağlari.

Xayr-ehson qiliş orqali kelib tuşadigan mablağlarni qabristonni saqlaş va obodonlaştiriş bilan boğliq xarajatlarga yönaltiriş maqsadida har bir qabriston uçun alohida şaxsiy hisobvaraq oçiladi.

Bungaça xayr-ehson uçun bir tumandagi jami qabriston uçun 1 ta hisobvaraq oçilgani sababli yiğilgan mablağlar nazorati yölga qöyilmagan edi.

Har bir qabriston uçun oçilgan şaxsiy hisobvaraqlarga ixtiyoriy xayr-ehson qiluvçi yuridik va jismoniy şaxslarning tölovlarini qabul qiliş uçun tegişli QR-kodlar joriy etiladi. Tuşgan mablağlar faqat uşbu qabristonlarni saqlaş, obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi va boşqa maqsadlar uçun sarflanişiga yöl qöyilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek