Qaysi xalqaro olimpiada ğoliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
❓Qaysi xalqaro olimpiada ğoliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
#abituriyent
2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada ğoliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qiliş imtiyozi beriladi:
1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Çemistry Olympiad (IÇO)
4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)
Boşqa olimpiadalar-çi?
Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boşqa barçasida ğolib bölgan öquvçilarga test sinovisiz öqişga kiriş huquqi berilmaydi.
Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqiçida 1, 2 va 3-örinlarni egallagan iştirokçilarga davlat OTMlariga kiriş imtihonlarida mutaxassislik fani böyiça maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat taqdim qilinadi.
Boşqaça aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bölganlarga öşa fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuçli uçlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bölsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bölsa, unda 63 ball beriladi. Boşqa fanlarini özi işlaşi kerak böladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bölgan öquvçilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.
👉 @xushnudbek 👈

