Qişki «perevod» uçun arizalar qabul qiliş boşlandi
❗️Qişki “perevod” uçun arizalar qabul qiliş boşlandi
Uzrli sabablarga köra öqişni köçiriş töğrisidagi arizalarni qabul qiliş böyiça hududiy Işçi guruhlar faoliyati yölga qöyildi.
✅ Arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (öşa kuni ham) qabul qilinadi.
Qişki “perevod”ga barça ham hujjat topşirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.
Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:
1️⃣ talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi OTMga öqişini köçiriş uçun;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari iş joyi özgargan taqdirda uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçiriş uçun (tegişli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
📒 Hududiy işçi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ öqişni köçiriş böyiça ariza (ariza blankasi hududiy işçi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida töldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarçasi yoki belgilangan şakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bölsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovçi tegişli hujjatlar.
Öqişni qayta tiklaş böyiça (köçirib tiklaş bundan mustasno) arizalar talabaning çetlatilganligiga neça yil bölganligidan qatʼi nazar bevosita özi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.
❌ Xorijdagi OTMdan Özbekistondagi davlat OTMga öqişni köçiriş uçun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topşiradi hamda testga kirişadi.
👉 @xushnudbek 👈


