Qişki «perevod» uçun arizalar qabuli davom etmoqda
❗️Qişki “perevod” uçun arizalar qabuli davom etmoqda
Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uçun OTM talabalari öqişini köçiriş (qayta tiklaş) böyiça arizalarni qabul qiliş muddatiga özgartiriş kiritilgan.
🗓️ Endi ariza topşiriş muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargaça (20-yanvar kuni ham) davom etadi.
📪 2 ta uzrli sababga köra respublikadagi bir OTMdan ikkinçisiga öqişni köçiriş yoki öqişni tiklaş böyiça arizalar transfer.edu.uz sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
📄 Talab etiladigan hujjatlar:
➖akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖öqişni köçiriş sabablarini tasdiqlovçi hujjatlar.
ℹ️ Muhim eslatmalar:
🔹 Bahorgi semestr oldidan bir OTMdan boşqasiga “öqişni köçirib tiklaş” böyiça arizalar qabul qilinmaydi;
🔹 Ariza topşiriş jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborişdan oldin diqqat bilan tekşirib çiqiş söraladi. Sababi ariza yuborilgandan söng uni tahrirlaş imkoni mavjud emas.
📩 Arizalar belgilangan tartibda OTMlar, tegişli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgaça körib çiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga maʼlum qilinadi.
❗️Maʼlumot uçun, öqişni köçirişga asos böluvçi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:
➡️ talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga öqişini köçiriş istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari iş joyi özgargan taqdirda uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçirmoqçi bölganlarga (tegişli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


