Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar böyiça sud jarayonlari boşlanadi

Foto27-noyabr, 2022, 19:102 daqiqa0 koʻrish

Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar böyiça sud jarayonlari boşlanadi

2022-yil 28-noyabr kuni soat 10.00-da Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat işi yuzasidan 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlanadi.

Uşbu jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga köra sudlanuvçilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Djiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Şamşetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvçiga nisbatan “qamoqqa oliş”, 1 nafariga “uy qamoği” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot çoralari qöllanilgan.

Sud jarayoni oçiq tarzda ötkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uçun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida töğridan-töğri kuzatişga möljallangan hamda barça texnik şaroitlar yaratilgan matbuot zali taşkil etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek