Fikr

«Qotillik» rejasi: Toşkent şahrida ayrim köçalardagi tezlikni 80 km/soat etib belgilaşmoqçi ekan

Albom12-avgust, 2025, 20:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Qotillik” rejasi: Toşkent şahrida ayrim köçalardagi tezlikni 80 km/soat etib belgilaşmoqçi ekan

Bu haqda xalq deputatlari şahar kengaşining 12-avgust kuni bölib ötgan yiğilişida poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği örinbosari Elmurod Alimov maʼlum qilibdi.

«Toşkent şahrining Bunyodkor, Sebzor, Ahmad Doniş hamda Toşkent halqa yöli va Yangi Özbekiston köçalarida transport vositalari uçun çeklangan yuqori tezlik 80 kilometrga özgartiriş taklifini beryapmiz», — debdi u.

Bu qay darajada fojiali qaror bölişini bironta masʼul tuşunib yetmayotganiga hayratdaman va afsusdaman. Aholi harakatlanmaydigan magistral yöllarda tezlikni oşiriş mumkin, lekin şahar içida tezlikni 80 gaça oşiriş bu qip-qizil “qotillik” sari qöyilgan yöl!

Keling, mayli, hissiyotlarni bir çekkaga qöyib, ilmiy tilda gaplaşaylik.

Agar maqsad tirbandlikning oldini oliş bölsa, unda bir neçta ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy simulyatsiya modellari orqali isbotlangan xulosani inkor qilmaylik, baraka topgurlar! Şahar içida qança tezlik yuqori bölsa, şunça tirbandlik darajasi yuqori böladi, insonlar hayoti xavf ostida qoladi, ekologiya va havo sifati yomonlaşadi.

Yuqoridagi infografikalarga qarasangiz yanada tuşunarli böladi. Masalan, şahar içida hamma 50 km/soat tezlik bilan yursa, örtaça tirbandlik beqarorligi 3,5 böladi, 80 tezlikda esa 9 ga çiqib ketadi. Yaʼni 3 baravar köproq tirbandlik yuzaga keliş xavfi bor.

Yoki 50 tezlikda urilganda töqnaşuv kuçi xuddi 9,8 metr balandlikdan tuşib ketgandagi kuçga teng böladi, 80 tezlikda esa 25,2 metr balandlikdan tuşgan bilan bir xil. Yaʼni deyarli aniq ölasan degani!

Boşqa körsatkiçlarda ham vaziyat karrasiga yomonlaşişini körişingiz mumkin.

Şahar içida tezlikni oşiriş qanday salbiy oqibatlarga olib keladi:

1️⃣ Tirbandlik oşadi: tezlik oşgani sari maşinalar özaro masofani köproq saqlaydi va tösatdan tormozlanişlar shockwave) köpayadi.

2️⃣ Töqnaşuvda oqibatlar oğirlaşadi: tezlik kvadratiga boğliq ravişda avariya kuçi kuçayadi, yaʼni maşina qança tez kelib urilsa, şunça zarba kuçi oğir böladi. Bu oddiy fizika qonuniyati!

3️⃣ Yoqilği sarfi va CO₂ çiqindisi çiqişi ortadi: agar uzoq masofaga bir xil tezlikda yurilsa, unda yoqilği kamroq ketadi, ammo şahar içida tormozlaniş köpligi va yuqori çeklangan tezlikka qisqa masofada çiqişga harakat qilinişi tufayli dvigatel yuqori quvvatda işlaydi, köproq yoqilği sarflanadi va ekologiyaga ham köproq zarar yetadi;

4️⃣ Haydovçi reaksiyasi kamayadi: tezlik ortgani sayin yöl belgilariga yoki biron tösiqqa öz vaqtida reaksiya qiliş qiyinlaşadi.

5️⃣ Şovqin darajasi ortadi: şahar içida qança tez harakat qilinsa, şunça köp şovqin böladi.

Agar şahar içida tezlikni 80 km/soatga oşiriş tarafdorlari bölayotgan masʼullar özlarining qarorlarini ilmiy asoslab berişmoqçi bölsa, maʼlumotlarni jamoatçilikka taqdim etişsin. Qaysi asosga köra, qaysi ilmiy tadqiqotga köra, bu qarorga kelişmoqda, şuni bilaylik.

Gap bu yerda minglab insonlar hayoti haqida ketmoqda, bu hazillaşadigan yoki yengiltaklik bilan qabul qilinadigan qaror emas.

👉 @xushnudbek 👈

  • 15 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek