Qozoğistonda «yanvar voqealari» taşkilotçisi va uning iştirokçilariga sud hukmi öqildi
🇰🇿 Qozoğistonda "yanvar voqealari" taşkilotçisi va uning iştirokçilariga sud hukmi öqildi
2022-yil yanvar oyida Qozoğistondagi namoyişlar vaqtida tartibsizliklar uyuştirgan va unda iştirok etganlikda ayblangan, "Yovvoyi arman" nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Şuningdek:
➖ Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq xodimi Ruslan Iskaqov — 2016-yildan Jumageldiyevga yordam berib kelgani hamda "yanvar voqealari"da jinoyat izlarini yaşiriş uçun odamlarni öğirlaşni buyurganlikda ayblanib, 15 yil-u 6 oyga;
➖ sobiq mahalliy deputat Qayrat Xudoybergen – mehmonxonada ştab taşkil qilgani, biznesni himoya qiliş bahonasida sportçilarni tartibsizliklarga jalb qilgani uçun aybdor, deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bundan taşqari, Arman Jumageldiyev jinoiy guruhining 13 nafar aʼzosi 10 yildan 15 yil-u 6 oygaça ozodlikdan mahrum qilindi. Tartibsizliklarning qolgan iştirokçilariga nisbatan ham turli muddatdagi jazolar tayinlandi.



