Ramazon Hayitida neça kun dam olinadi?
Manba:Xushnudbek.uz
❓Ramazon Hayitida neça kun dam olinadi?
ℹ️ Bu haqda maʼlumot berişdan oldin alohida taʼkidlaş kerakki, Ramazon Hayitining birinçi kuni hozirça aniq emas. Şariat qoidalari böyiça, Hayit kuni yangi oy körinişiga qarab belgilanadi. Şu sababli uşbu postda aytilgan maʼlumotlarni "Hayit kuni aniq böldi" deb talqin qilinmasligini sörayman.
Hozirgi rejaga köra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam oliş kuni bölişi kutilmoqda. Bular:
🔴 10-aprel, çorşanba — Ramazon Hayiti kuni;
🔴 11-aprel, payşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qöşimça dam oliş kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, şanbadan köçirilgan dam oliş kuni;
🟢 13-aprel, şanba — barça uçun IŞ KUNI;
🔴 14-aprel, yakşanba — barça uçun dam oliş kuni.
📖 Şarh:
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seşanba kuniga töğri kelmoqda. Demak, agar yangi oy körinişi özgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, çorşanba kuniga töğri kelişi mumkin.
Prezident farmoniga köra, 11-aprel, payşanba kuni barça xodimlarga qöşimça dam oliş kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qöşimça dam oliş kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, şanbadan köçirilgan dam oliş kuni böladi.
Demak, 13-aprel, şanba kuni barça xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham IŞ KUNI böladi.
Agar mabodo yangi oy körinişi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam oliş kunlariga ham özgariş kiritilişi mumkin.
📃 Izoh: qöşimça dam oliş kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈



