Ramazonning 29-kuni: Hilolni körib röza tutiş va oğiz oçiş haqida hadis
8-aprel, duşanba (29-kun)
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toşkent vaqti)
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Hilolni körmaguningizça röza tutmanglar. Uni körmaguningizça oğiz oçmanglar. Agar sizlardan u bulut bilan tösilib qolsa, hisobini qilinglar», dedilar».
Beşovlari rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Ramazondan oldin röza tutmanglar. U(oy)ni körib, röza tutinglar va uni körib, oçinglar. Agar sizlardan bulut-la tösilib qolsa, öttiz kunni tamomlanglar», deyilgan.
Buxoriyning lafzida esa:
«Agar sizlardan bulut-la tösilib qolsa, Şabonni öttiz (kun)ni tamomlanglar», deyilgan.
📖 Şarh: Uşbu rivoyatlardan Ramazon oyining boşlanişi va tamom bölişi Ramazon va Şavvol oyi hilollarini köriş bilan sobit bölişi taʼkidlanmoqda. Şuningdek, mabodo tabiiy şaroitlar noqulay kelib, yangi oyni köriş imkoni bölmay qolsa, Ramazondan oldingi Şabon oyi töliq öttiz kunga yetkazilib, keyingi kundan Ramazoni şarifning birinçi kuni boşlanadi. Xuddi şu kabi, Ramazon oyining yigirma töqqizinçi kuni Şavvol oyi hilolini körişga harakat qilinadi. Agar hilol körinsa, röza tugagani va ertasiga iyd ekanligi eʼlon qilinadi. Mabodo hilol körinmasa, öttizinçi kun ham röza tutilib, keyin iyd qilinadi.
Avvalo, oy borliqdagi eng katta alomatdan biri hisoblanadi. Öşanday katta alomatni körib, röza tutişni boşlaş va tamomlaş bu muhim işda hamma narsa oçiq-oydin bölişini, heç kim va heç qanday taraf unga özgartiriş kirita olmasligini taʼminlaydi. Hamma bandalar barobar bölib, ular Allohning amri bölmiş rözani boşlaş yoki tamomlaş uçun Allohning ana şu buyuk belgisiga - oyga qarab turadilar.
Ikkinçidan, oy yilida yangi yil ön ikki kun oldinga surilib keladi. Şuning uçun ham har yilgi Ramazon oyi avvalgisidan ön ikki kun oldin keladi. Şu tariqa öttiz uç yil davomida yilning hamma vaqtida Ramazon rözasi tutiladi. Bu esa turli şaroitda röza tutişni taʼminlaydi. Bir mintaqada doim qulay, boşqasida esa doimo noqulay şaroitga töğri kelib qolmaydi.
Uçinçidan, oyni körib, röza tutiş va oçiş barça musulmonlar uçun barobar hukm bölib, bu ularning birliklari ramzi hamdir.
Yana boşqa hikmatlar ham köp. Lekin haqiqiy hikmatlarini Alloh taoloning Özi biladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


