Muhim

Raqobat qömitasi «UzAuto Motors»ga 37 ta avtomobilni çaqirtirib oliş böyiça körsatma berdi

Matn13-sentabr, 2024, 15:031 daqiqa0 koʻrish

🚗 Raqobat qömitasi “UzAuto Motors”ga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 37 ta avtomobilni 10 kunlik muddatda çaqirtirib oliş böyiça körsatma berdi.

Qömitaga qoraqalpoğistonlik fuqaro 2023-yilda “UZAUTO MOTORS” AJ tomonidan işlab çiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobilining olinganiga 5 oy ham bölmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligi, lekin işlab çiqaruvçi tomonidan uşbu holat öz vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Qömita tomonidan körib çiqilgan murojaat öz tasdiğini topgan va aynan şu markali avtomobilda yonğin çiqişi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlangan.

✔️ Raqobat qömitasi tomonidan “UZAUTO MOTORS” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MÇJlarga nisbatan iş qözğatilgan hamda yuqoridagi avtomobil bilan bir vaqtda işlab çiqarilgan aynan şu markali avtomobillarni çaqirtirib olib, texnik körikdan ötkaziş böyiça körsatma berilgan.

Şuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni şunday markali yangi avtomobilga almaştirib berilişi hamda isteʼmolçi talab qöygan vaqtdan boşlab ötkazib yuborilgan har bir kun uçun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida penya tölaşi töğrisida qaror qabul qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek